MENYU |
|
|
Категории раздела |
|
|
FASLLAR |
|
|
Статистика |
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0 |
|
|
Sevgi haqida sherlar...Ayriliq haqida
Seni ko`rdim indamadim bir so`z demadim, Yonginangda turaverdim, xoling so`rmadim. Ne g`aming bor, ne tashvishing menga baribir, Unutaman, kuchim yetar qilaman sabr.
Quyosh tig`i yuragimdek qizdirgan kunda, Men ketaman o`z yo`lingda qolavergin yor. Bu azoblar o`tib ketar o`tar bir zumda, Muxabbating kerak bo`lsa olavergin yor.
Ko`zlarimdan oqayotgan yoshlarim haqqi, Endi seni o`ylamayman, yig`lamayman ham. Ol yuraging, kerak emas birovning haqi, O`z dardimga endi vaqtdan qo`yaman malham.
Tomirimda oqayotgan qonim ham qaynoq, Ammo baxtim o`zim bilan birga ketadi. Kerak bo`lsa so`ngi bora ko`zlarimga boq, Ishonaman bu qiynoqlar hali o`tadi.
**************************************************************
Quyoshning taftiga yotdim qayrilib, Badanim qizidi, qizidi boshim. Sevgan qizimdan ham qoldim ayrilib, Jimgina yotibman to`kmasdan yoshim. *** Yonimda daryo ham oqadi toshib, Uni mening bilan nima ishi bor. Bolalar shovqini quloqni teshib, O`ylashga qo`ymaydi, turg`izar takror *** O`zimni daryoga otaman shunda, Badanim yayraydi, suzaveraman. Dam olish maroqli, kelaman kunda, Xar kuni o`zimga taskin beraman. *** Unuta boshladim, qiyin bo`lmadi, Bir qiz ham topdim, bir sohibjamol. Mening sevganimni hech kim bilmadi, O`z dardim yashirib ko`rmadim zavol.
***************************************************************
Jimsan! yuragimdan o`chib ketarsan Orzularimdan ham ko`chib ketarsan Hayollarimda endi emassan Endi o`ylamasman Qalbimdan quvilib qochib ketarsan Seni o`ylamasman
Yonimga endi kelsang kelmasang Qalbimda sogi`nchlar endi ular yo`q Yuragim kerakmas sen shuni bilsang O`rnida nafrat bor, mexrim esa o`q
Bir hiyonat qildingmi yana qilasan Kechirdim nima-yu yo kechirmadim Ko`p hatolar qilding o`zing bilasan Bo`lmasa sevgimdan voz kecharmidim?
Senga dunyolarni berolmasamda Yoningda tog` kabi turardim ishon Qalbingda ne bor deb so`rolmasamda, Tayyordim sen uchun bermoqlikka jon.
O`ylab qaragandim, kimni sevibman, Boshimga ko`tarib ardoqlay desam. Arzimas bir qizga ko`ngil qo`yibman, Koshkiydi men buni oldinroq bilsam.
Senga boqmas edim, aldanmasdim ham, Yo`q edi boshimda bu iztiroblar. Bo`lmasdi bedorlik, kelmas edi g`am, Ko`nglimda qolmasdi alamli dog`lar…
***************************************************************
Yuragi tosh dedilar Balki u yosh dedilar Sevgimni izxor qilsam Juda bebosh dedilar
Unday qilsam yoqmadim Bunday qilsam yoqmadim Ko`zini o`ynatganga Bir qayrilib boqmadim
Oxiri bir yor sevdim, Hayoli bo`lsa devdim. Bevafo chiqdi u qiz, Shartda qalbimdan quvdim.
Sevgi bo`ldi dushmanim, Sevgilim bo`ldi g`anim. Boshqa sevmayman dedim, Yomon og`ridi jonim.
Unutish og`ir ekan, Ich – etingni yer ekan. Ammo o`tsa qiynoqlar, Yana sevgin der ekan.
****************************************************************
Yo'llarimda uchratdim uni, Kelar yorim nigoxi pastda. Yaqinlashar juda ham yaqin, Nozik yurib kelar oxista. *** Men boraman yanada yaqin, Xol so'rayman entikib asta. Javob berar boqib yashirin, Ibosiga qalbim payvasta.
*** So'ng ketar u boqib yo'liga, Men ketarman o'z yo'lim tomon. Nima kechar yor xayoliga, Ammo mening axvolim yomon.
*** Istagandim uni ko'rishni, Taqdir uchrashtirdi ikkimiz. Istagayman birga bo'lishni, Yana taqdir bor umidimiz.
**************************************************************
Bo'lay dedim devonalar Sendan boshqa kerakmas. Atrofimda parvonalar, Aslo sendek bo'lolmas.
*** Nigoximdan ketmas sening, Tabassuming, yuz burishing. Ketayotib, xayr deya, Shoshilgancha tez yurishing.
*** Kelganingda, vaximachi Ketaman, deb shoshirishing, Rashking kelib, araz qilib, Yuzlaringni yashirishing.
*** Bari yoqar yuragimni, Bilmay jaxlim chiqarishing. Bari yoqar yuragimni, Ismim aytib chaqirishing.
|
Категория: SEVGI SHERLAR | Добавил: Optimizator (24.10.2013)
|
Просмотров: 12772
| Рейтинг: 2.0/1 |
|
|
Форма входа |
|
|
|