MENYU |
|
|
Категории раздела |
|
|
FASLLAR |
|
|
Статистика |
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0 |
|
|
Sevgi. Sherlar sevgi haqida
Sevgi xaqda she`rlar yozardim senga, Va yana o`qirdim ko`zingga bоqib. Kundan -kun оshardi ishоnching menga, So`ng yana so`rarding qоshlaring qоqib.
Yozardim, yozardim o`qisin deb u, Tinmasdim, kechalar uyqu bilmasdim. Kelarding yonimga yuzingda kulgu, Men faqat titrardim, sira kulmasdim.
Ammо birdan taqdir ayirdi bizni, Ko`zlaring qalbimda mangu jоylandi. Bоshqa uchratmadim sendayin qizni, Yuragim qaytadan tоshga aylandi.
Sevgi haqda she`rlar yozmadim bоshqa, Ilxоm parisini quvdim eshikdan Sendayin ko`rmadim kirib shu yoshga, Chunki sevgan edim seni yoshlikdan.
*************************************************************
Meni mendan qizg`an ko`proq sev gulim Osmondan yogilgan yomgirdan-da ko`p Bugun sen bilanman, xotirjam ko`nglim Meni mendan qizg`an, kelgin bitta o`p o`lingga to`shagan gullarim senga Meni baxtim bo`lib, titrab –titrab sev, Men esa kelaman har kun yoningga Otash yuragingdan so`rab-so`rab sev
Judaxam chiroylisan chiroying ham uzgacha Xech kimga uhshamisan xammadan boshqacha Mehrga tashna qalbing mani mehrimga zor Bilmadim nega doim sanga beraman ozor Xafa bulsangda doim manga qaraysan kulib Xatolarimga xatto ketasan kuzing yumib Yonimdasan xamisha xar doimo xamma vaqt Men esa o`zgasini o`ylayman doim faqat Doim o`ylaysan mani men esa doim uni Kuzlaringa boqaman berkitaman qayguni Yongingda bulsamda xar doimo sen bilan Aslida uni yonida bulaman xayolan Ayblarim ko'p oldimda hammasiga aybdorman Vijdonim azobdan har kun tunda bedorman Qancha vaqt sabr bilan mandan kutganding mexr Man esa shuni xam bera olmadim kechirr
Man uni jim sevardim, sevaman uni hamon Uni esimdan chiqarish endi man uchun gumon Ming bora urindim, mehrim berishga sanga Netay telba yuragim talpinaverar unga Yuragim dosh berolmas, sabrim yetmas ortiq Yarador bu yuragim sanga etolmam tortiq Ko`p harakatlar qildim unutolmadim uni Yurakdan yulib tashlash osonmaskan sevgini. Ayblarim ko'p oldimda hammasiga aybdorman Vijdonim azobdan har kun tunda bedorman Qancha vaqt sabr bilan mandan kutganding
****************************************************************
Muhabbat nima u? xech bilolmadim, Yurakda uyg`ongan otash tuyg`umi. Sevdimu o`zimga lek kelolmadim, Boshimga bitilgan g`ammi, qayg`umi?
Gohida sevinib o`zimdan- o`zim, Kechalar telbadek mijja qoqmadim. Gohida aldanib bo`zarib yuzim, Nafratdan ko`p kunlar unga boqmadim.
Gohida yuragim, gohida u qiz, Sevdimmi? Undan xech voz kecholmadim. Aldandim, qiynaldim, o`rtandim yolg`iz, Bu sevgi jumbog`in lek yecholmadim.
Ammo kunlar o`tib, sevgi negadir, Zerikdi qalbimda uzoq qolishga. So`ngra g`oyib bo`ldi ketdi qaygadir, Endi urinmasman ko`ngil olishga.
Titroq ham yo`qoldi, bedorliklar ham, Uzun kechalarda uxlarman beg`am. Unga baxt tiladim, u menga omad, Tinchkina ayrildik aslo chekmay g`am.
Har kuni uchrashuv, har kun qiz ko`rish, Kimgadir yoqasan, kimga yoqmaysan. Jonga tegib ketdi bu bo`ydoq yurish, Yoningdan o`tganga zimdan boqasan.
Hammasin dardi bir molingni so`rar, Aqling qiziqtirmas, kimsan, nimasan, Moshinang bo`lmasa yigitim bor deb, Damingni beraru qutular oson.
***************************************************************
Yuragimga xanjar urdi qattiq og'ridi, Bir oy bo'ldi kelolmayman xamon o'zimga Uchrashuvga borayapman xozir, - der edi O'sha xolat ko'rinadi xar kun ko'zimga *** Kulib aytar edi xuddi beparvo Oramiza yo'g'dek kuchli muxabbat Xazil edi balki o'sha bevafo Ichimga o't yoqdi qilmadi shafqat *** Yana kulib ketdi qoldim ortidan Tosh qotdim so'zlashga so'zim bo'lmadi Uni unutaman deya ertadan So'z berdim shunda ham ko'ngil to'lmadi.
Muxabbat o'rnini nafrat qopladi Boqmay qo'ydim unga kulib kelsa ham Rashkim yomonligi meni toptadi Muxabbat dardiga izlayman malxam
Malxamin bor dedilar o'z yaqinlarim Nomini vaqt dedilar shunga ishondim Xanjar botgan yuragimga quloq solmadim Usiz yasholmayman degan so'zimdan tondim
Yomg'ir ko'z yoshlaring eslatar bugun Xafa bo'ldingmi sen yana mendan Oldingiday tabassum qilmay Bir so'z demay ketding yonimdan
Balki ketganing yaxshidir menga Sog'ina – sog'ina unutarmidim Azoblarda qolsamda bugun Balki sensizlikka ko'nikarmidim
Ammo men bilaman erta kelasan Xech xafa emasdek o'zing tutasan Mening yonishimga parvo qilmasdan Barcha-barchasini tez unutasan
Tez xafa bo'lishing jonimga tekkan Kelsang kel yonimga tabassum qilib Xafa bo'lishingdan yuragim bezgan Bu ezgu tilagim doim yur kulib
Xato qildim o'ylamay bilmay Ammo senga kechir demasman Foydasi yo'q bari endi kech Ayblashingga majbur emasman
Unutarsan balki ertaga Men ham unutaman indamay Oramizda sevgi ham so'nar Ajralamiz bitta so'z demay
Biroz xijron azobi qiynar Talpinsada yuraklarimiz Bir kun taqdir shartiga ko'nar Unut bo'lar kerakligimiz
O'tinaman taqdirdan faqat Ikkimizni uchrashtirmasin Xasratlarim bo'lsada qat-qat Bir-birimiz yuzlashtirmasin
Bugun men o'zimni topa olmadim, Savollar bostirib quladi boshga. Sevgilim yuzidan o'pa olmadim, Yuragim qaytadan aylandi toshga.
Aybni izlay-izlay yelkamdan topdim, Tog'dek gunoxlarim qo'rqitdi meni. Izlab topganimni bugun yo'qotdim, Endi men ne deyman, ne deyman uni.
Barcha urinishim xavoga uchdi, Orzular, umidlar misoli sarob. Tunlar fikru yodim o'g'irlab qochdi, O'zim tetikmanu, yuragim xarob.
Taqdirning shartiga ko'ndim nixoyat, Aqlim ustun keldi o'z yuragimdan. Mana izlay-izlay topdim xidoyat, Javoblar tug'ildi o'z so'rog'imdan.
Kuch yig'dim ishlarim jadal yurishdi, Barcha go'zalliklar men bilan birga. Uni ko'rdim, bugun keldi, kulib ko'rishdi, Yurak oldingidek tushmas asirga.
Sen menga keraksan, juda ham kerak, Sensiz yo'q ilxomim undan yo'q darak. Bo'sh qolgan qog'ozim, qalamim yotar, Sen menga keraksan, juda ham kerak.
Sen ketgach yurakda yo'qdir extiros, Bitta armon qoldi o'zingdan meros. Goxo o'ylamasdan qo'ysamda biroz, Sen menga keraksan, juda ham kerak.
Necha kun ko'rishmay kelamay chidab, Poyimga sog'inchlar, umidlar qadab. Baribir tunlari qolaman qo'msab, Sen menga keraksan, juda ham kerak
O menga xayot ber, yashashga imkon, Baxtning lazzatidan olayin baxra. O'rgat kurashmoqqa bo'lgin yonma-yon, Gulzorlar ichida yurayin baxtla.
Tongni kutay entikib to'yib, Seni kutay orziqib suyib. O'rgat menga sevay dunyoni, Qalbga yozay ismingni o'yib.
So'ng uchaylik bulutlar uzra, Ko'm-ko'k osmon quchsin ikkimiz.
|
Категория: Sevgi haqida... | Добавил: Optimizator (25.10.2013)
|
Просмотров: 17239 |
| Рейтинг: 2.0/3 |
|
|
Форма входа |
|
|
|